+998 (77) 047 47 96 support@fedlogistics.uz

Office Address

123/A, Miranda City Likaoli Prikano, Dope

Phone Number

+0989 7876 9865 9

+(090) 8765 86543 85

Email Address

info@example.com

example.mail@hum.com

blog image

BYD avtomobillarining importi cheklanishi mumkin!

“O‘zavtosanoat” bilan birga Jizzaxda zavod qurayotgan Xitoy brendi o‘z mahsulotlarining O‘zbekistonga importini “tartibga solish”ni so‘rayapti. Bu olib kirilayotgan modellarning mahalliy iqlim va yo‘l sharoitlariga moslashmagani bilan izohlangan. 1 iyulgacha bu borada raqobat qonunchiligi va Jahon savdo tashkiloti prinsiplaridan kelib chiqqan holda takliflar ishlab chiqiladigan bo‘ldi.

O‘zavtosanoat” bilan hamkorlikda Jizzaxda avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan BYD kompaniyasi o‘z elektromobillarining O‘zbekistonga “tartibsiz importi”ni cheklash bo‘yicha hukumatga murojaat bilan chiqqan.

Kompaniya buni O‘zbekistonga olib kirilayotgan avtomobillari mahalliy iqlim va yo‘l sharoitlariga moslashtirilmagani hamda rasmiy kafolatga ega emasligi bilan izohlagan.

Shu munosabat bilan 18 mart kuni imzolangan prezident qaroriga asosan, 2024 yil 1 iyulga qadar “O‘zavtosanoat” va mas’ul vazirliklar tomonidan BYD brendi ostidagi elektromobil va gibrid avtomobillari importini tartibga solish bo‘yicha takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Takliflarni tayyorlashda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va Jahon savdo tashkiloti prinsiplaridan kelib chiqilishi belgilangan.

Qarorda barcha avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalarga, shu jumladan BYD kompaniyasiga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalarni berishda teng shartlar va sharoitlar yaratiladi.

“O‘zbekiston Respublikasida elektromobil va gibrid avtomobillar hamda ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi investitsiya shartnomasini tasdiqlash haqida”gi qarorda, shuningdek, quyidagilar bo‘yicha BYD kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazilishi ham belgilangan:

  • investitsiya loyihasini amalga oshirishning keyingi davrlarida elektromobil va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish quvvatini bosqichma-bosqich yiliga 500 ming donagacha oshirish;
  • investitsiya loyihasini amalga oshirishning keyingi davrlarida ishlab chiqariladigan elektromobil va gibrid avtomobillarning mahalliylashtirish darajasini 60 foizgacha yetkazish;
  • mahalliy aholi uchun 10 000 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish;
  • ishlab chiqarilgan elektromobil va gibrid avtomobillarni qo‘shma korxona tomonidan belgilangan eksport davlatlaridan tashqari doimiy ravishda eksport qilinadigan davlatlar ro‘yxatini kengaytirish;
  • sifatli va xavfsiz elektromobil va gibrid avtomobillarni xarid qilish, ularning mahalliy iqlim sharoitlariga muvofiqligini ta’minlash hamda kafolatli servis xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilish choralarini ishlab chiqish.

2024 yil yanvar oyida prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi vaqtida BYD kompaniyasi tomonidan Jizzax shahrida elektromobil va gibrid avtomobillar ishlab chiqarilishiga start berilgan edi.

Loyihani amalga oshiruvchi “BYD Uzbekistan Factory” MChJ qo‘shma korxonasi “O‘zavtosanoat” (60 foiz) va BYD Europe B.V. (Niderlandiya, 40 foiz) ta’sischiligida 2023 yil yanvarida tashkil etilgan.

Birinchi bosqichda zavodda yiliga 50 mingta gibrid va elektr avtomobillari yig‘iladi. Loyihaning umumiy qiymati 122,6 mln dollarga baholangan.

  • 2023 yil oxirida xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillarni O‘zbekistonga faqat ishlab chiqaruvchilarning rasmiy dilerlari tomonidan olib kirilishiga oid tartib tiklanishi mumkinligi, hukumatda bu boradagi hujjat loyihasi ko‘rib chiqilayotgani ma’lum bo‘lgandi.
  • O‘zbekistonda so‘nggi bir yilda elektromobillar savdosi 3 barobarga oshgan.

 

Manba: Kun.Uz

Поделиться:

Категории

Мы в социальных сетях